Bugun, 10-yanvar kuni noqulay ob-havo hamda kuchli qor yog‘ishi natijasida daraxt shoxlarining sinishi oqibatida Yakkasaroy va Shayxontohur tumanlarining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘ida shikastlanish yuzaga kelgan. Natijada:
Yakkasaroy tumanining: “Shohjahon” MFY Jamshid Shoshiy, Belariq 3-tor, Rakatboshi 7-tor hamda Rakatboshi 9-tor ko‘chalarida, “Yakkasaroy” MFY Yakkasaroy, Shota Rustaveli, Bog‘u bo‘ston, Spitamen va B.Hiloliy 7-tor ko‘chalarida;
Shayxontohur tumanining: “Katta Oqtepa” mahallasi hududlaridagi aholi yashash xonadonlarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatildi.
Ayni vaqtda elektr ta’minoti korxonalarining brigadalari tomonidan mazkur nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.
Ta’mirlash ishlari qisqa vaqt ichida bartaraf etiladi va elektr ta’minoti qayta tiklanadi.