Tunda elektr tarmoqlari va transformator punktlarida yuzaga kelgan nosozliklar energetiklar tomonidan bartaraf etib borildi.
Maxsus brigadalar kuchli qor yog‘ishi natijasida 10-yanvardan 11-yanvarga o‘tar kechasi tarmoqlarda yuzaga kelgan nosozliklarni tezkorlik bilan bartaraf etib bordilar.
Xususan, shikastlangan tarmoqlar ta’mirlanib, yangilandi. Nosoz bo‘lgan transformatorlar katta quvvatlisiga almashtirildi.
Hozirda Surxondaryo viloyatidagi ayrim tarmoqlarda yuzaga kelgan nosozliklar bartaraf etilmoqda.
11.01.2023
324
Охирги янгиликлар