Bekobod tumanida yuqori bosimli gaz quvuri yorilishi natijasida gaz sizib chiqish (avariya) holati yuzaga kelgan.
Natijada Bekobod tumanidagi 40 ta MFYdagi jami 16 000 ta aholi xonadonlarida vaqtincha tabiiy gaz ta’minoti to‘xtatildi.
Shuningdek, Oqqo‘rg‘on tumani “Xalqobod”, “Hamzaobod”, “Navbahor”, “Madaniyat”, “Hosildor” MFYlariga yo‘naltirilgan yuqori bosimli gaz quvuri yorilishi natijasida gaz sizib chiqishi (avariya) holati yuzaga kelgan. Natijada, yuqorida ko‘rsatilgan manzildagi jami 2680 ta aholi xonadonlarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatilgan.
Hozirgi paytda maxsus brigadalar tomonidan ushbu nosozliklarni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Ta’mirlash ishlari qisqa fursatda (1-1,5 soatda) yakunlanadi.
Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.