Tunda elektr va gaz tarmoqlarida yuzaga kelgan nosozliklar bartaraf etib borildi
Maxsus brigadalar anomal sovuq harorat natijasida 11-yanvardan 12-yanvarga o‘tar kechasi gaz va elektr tarmoqlarida yuzaga kelgan nosozliklarni tezkorlik bilan bartaraf etib bordilar.
Shuningdek, ayni paytda ayrim tarmoqlarda yuzaga kelgan nosozliklarni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, anomal sovuq kunlarida tarmoqlarda yuzaga kelgan nosozliklarni bartaraf etish uchun elektr va gaz ta’minoti korxonalarida tunu-kun ishlaydigan 1000 dan ortiq maxsus brigada tashkil etilgan. Ular muammolarni tezkorlik bilan bartaraf etilishini ta’minlamoqdalar.
12.01.2023
352
Охирги янгиликлар