Anomal sovuq tufayli transformator punktlari va tarmoqlarda yuklamalar 3-4 barobarga ortdi. Shu sababli hududlarda elektr ta’minotida favqulodda avariyali uzilishlar yuzaga kelmoqda.
Bu borada elektr tarmoqlari va transformator punktlaridagi nosozliklarni bartaraf etish ishlariga barcha hududiy elektr ta’minoti korxonalaridan qo‘shimcha brigadalar va zarur avtotransport vositalari jalb etilib, ular birlamchi elektr qurilmalar, kabellar, zarur himoya vositalari bilan to‘liq ta’minlanmoqda.
Hozirgi paytda Toshkent shahrida yuzaga kelgan nosozliklarni bartaraf etish ishlari kuchaytirilgan rejimda olib borilmoqda.
Shu o‘rinda yana bir bor iste’molchilardan uylaringizdagi eng zarur xonalarni isitish va yoritishdan tashqari energiya sarfini imkon qadar kamaytirishingizni iltimos qilamiz!