➖Soat 02.00. Chirchiq shahri, 14-Semurug‘ mahallasida vujudga kelgan nosozlik elektr ta’minoti korxonasining avariya tiklash brigadalari tomonidan bartaraf etilib, ta’minot tiklandi.
➖Yangiyо‘l, Qibray, О‘rta Chirchiq tumanlari hamda Chirchiq shahrida elektr ta’minoti barqarorligini ta’minlash yо‘lida tizimli ishlar olib borilmoqda.
Xususan, Qibray tuman elektr tarmoqlari korxonasi dispetcherlik xizmati xodimlari 24 soat davomida aholining murojaatlarini qabul qilib, maxsus tezkor guruhlarga nosozliklar yuzasidan ma’lumotlarni yetkazmoqda.
Havoning sovuq kunlarida sidqidildan xizmat qilayotgan xodimlar barcha nosozliklarni navbatma-navbat tezkor hal etish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solmoqdalar (https://t.me/qibraytumaniaxborotxizmati/23848).
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati