➖Guliston shahar “Navbahor” mahallasidagi quvvati 400 kVA bo‘lgan transformator punktida sodir bo‘lgan nosozlikni bartaraf etish maqsadida 630 kVA bo‘lgan yangi transformator o‘rnatildi.
➖Guliston tuman “Ibrat” mahallasidagi 228-sonli transformator punktiga qo‘shimcha ravishda quvvati 100 kVA bo‘lgan yangi transformator o‘rnatildi.
➖Uchtepa tumanida nosoz holga kelgan transformator punktlari yuqori kuchlanishlisiga almashtirilib, shikastlangan elektr uzatish tarmoqlari ta’mirlanmoqda.
➖Shayxontohur tuman “Huvaydo” MFY hududidagi elektr uzatish tarmogʻida yuzaga kelgan nosozlik bartaraf etilib, elektr ta’minoti tiklanadi.
➖Aholi xonadonlarini elektr energiyasi bilan ta’minlash, kelib chiqayotgan nosozliklarni tezkorlik bilan bartaraf etish maqsadida Samarqand shahar elektr ta’minoti korxonasi xodimlari tunu-kun faoliyat olib borishmoqda.
➖Farg‘ona shahar “Ibrat” hamda “S.Temur” mahallalarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi elektr uzatish kabel tarmog‘idagi avariyali uzilish bartaraf etildi.
➖Farg‘ona shahrining “Yangiyo‘l”, “Zarbdor”, “Madadkor”, “Ma’rifat” hamda “Oybek” mahalla fuqarolar yig‘inlari hududini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi elektr uzatish kabel tarmog‘ida favqulodda avariyali nosozlikni bartaraf etish ishlari yakunlandi.