Farg‘ona issiqlik elektr markazida 2 MVt quvvatli quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushurildi
Loyiha “On-Grid” rejimida ishlaydi va yiliga qo‘shimcha 5 mln kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi va yiliga 1,2 mln kub metr tabiiy gaz iqtisod qilinishiga erishiladi.
Buning natijasida yoqilg‘i resurslari tejalib, atmosferaga zararli gazlarning chiqishini kamaytirish imkoni yaratiladi.
Ushbu loyiha Prezidentimiz tomonidan qayta tiklanuvchi energiya manbalarini kengaytirish bo‘yicha berilgan qator topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida amalga oshirildi.
24.01.2023
442
Охирги янгиликлар