Sirdaryo IESda quvvati 1,3 MVt bo’lgan quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushurildi

Mazkur stansiya “On-Grid” rejimida ishlaydi va yiliga qo‘shimcha 2,3 mln kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi hamda yiliga 750 ming kub metr tabiiy gaz iqtisod qilinishiga etishiladi.
Buning natijasida yoqilg‘i resurslari tejalib, atmosferaga zararli gazlarning chiqishini kamaytirish imkoni yaratiladi.

Maʼlumot uchun: ayni paytda quyosh fotoelektr sansiyasi quyosh radiatsiyasiga qarab o‘rtacha 800 kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarmoqda.
Ushbu loyiha Prezidentimiz tomonidan qayta tiklanuvchi energiya manbalarini kengaytirish bo‘yicha berilgan qator topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida amalga oshirildi.

03.02.2023

Охирги янгиликлар