
Joriy yilning yanvar oyi davomida Ishchi guruhlar tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida 614 ta holatda ulgurji iste’molchilar tomonidan 85 mln kub metr (85 mlrd so‘m) hajmdagi tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi.
Gazdan noqonuniy foydalanish holatlari asosan Buxoro viloyatida 37,9 mln kub metrni (37,8 mlrd so‘m), Qashqadaryoda 25,1 mln kub metrni (25 mlrd so‘m), Toshkent viloyatida 13,2 mln kub metrni (13,2 mlrd so‘m), Navoiyda 3,5 mln kub metrni (3,6 mlrda so‘m), Farg‘onada 1,3 mln kub metrni (1,2 mlrd so‘m) tashkil etgan.
Noqonuniy foydalanish holatlari iste’molchilar toifasi bo‘yicha — AGTKSHlarda 20 ta holatda (76,8 mlrd so‘m), issiqxonalarda 30 ta (1,2 mlrd so‘m), ishlab chiqarish korxonalarida 39 ta (1,9 mlrd so‘m), umumiy ovqatlanish shoxobchalarida 164 ta (0,7 mlrd so‘m) aniqlangan.
Aniqlangan holatlar yuzasidan rasmiylashtirilgan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlariga yuborildi.
