Toshkent viloyatining Ohangaron va Maydontol maishiy chiqindilar poligonlarida hosil bo‘ladigan chiqindi gazini qayta ishlash hisobiga elektr energiyasi ishlab chiqarish majmuasi quriladi.
Chiqindi gazidan umumiy ishlab chiqarish quvvati kamida 16 MVt bo‘lgan elektr energiyasi ishlab chiqariladi.
Loyiha Koreyaning Sejin G&E kompaniyasi ishtirokida 55 mln dollar miqdoridagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
Mazkur loyihani amalga oshirish natijasida nafaqat O‘zbekistonda balki Markaziy Osiyo mintaqasidagi yagona bo‘lgan yirik maishiy chiqindi poligonlarida hosil bo‘ladigan chiqindi gazini qayta ishlash hisobiga elektr energiyasi ishlab chiqarish stansiyasi tashkil etiladi.
Bu haqda batafsil ushbu reportajda tanishishingiz mumkin.