Toshkent shahrini energiya resurslari bilan ta’minlashni yaxshilash maqsadida Prezident tomonidan quyidagi qo‘shimcha vazifalar belgilab berildi:
➖sanoat zonalari va yirik korxonalarda quyosh panellari o‘rnatish orqali 400 million kilovatt⋅soat elektr energiyasi ishlab chiqarish bo‘yicha loyihalarni boshlash;
➖ijtimoiy soha va davlat idoralari binolarida quyosh panellarini o‘rnatish hisobiga 75 million kilovatt⋅soat elektr energiyasi ishlab chiqarishni ta’minlash;
➖Yuqorichirchiq tumanida 500 megavattli yirik quyosh elektr stansiyasini qurish;
➖poytaxtdagi sanoat korxonalarida elektr yo‘qotishlarini 1 foizga kamaytirish va energiya samaradorligini 3 foizga oshirish;
➖1 ming 817 ta ko‘p qavatli uylarning ichki isitish tizimini to‘liq yangilash;
➖300 kilometr magistral issiqlik tarmoqlarini yangilab, yo‘qotishlarni 5 foizga kamaytirish.
Umuman, shaharda qayta tiklanuvchi energiya joriy qilish uchun 1 milliard dollar yo‘naltiriladi.