Toyloq tumanida tadbirkor foydalangan elektr energiyasining hisob-kitobini sun’iy ravishda kamaytirib ko‘rsatishi natijasida tizimga 1,8 mlrd so‘m zarar yetkazgani aniqlandi
Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” Samarqand hududiy bo‘limi tomonidan Toyloq tuman elektr ta’minoti korxonasida iste’molchilarning elektr energiyasidan foydalanishdagi qoidalarga rioya etilishi yuzasidan tekshiruv o‘tkazildi.
O‘rganish davomida “O.E” MChJ tomonidan foydalanilgan elektr energiyasining hisob-kitobi miqdori sun’iy ravishda kamaytirilgan holda hisobotlar elektr ta’minoti korxonasiga taqdim etib kelingani aniqlandi.
Buning natijasida elektr ta’minoti korxonasi manfaatlariga jami 1,8 mlrd so‘m zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.
Qoidabuzar MChJga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rilib, tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi.
Nazorat tadbirlari davom etmoqda
09.02.2023
435
Охирги янгиликлар