2026-yilga borib Sirdaryo viloyatida umumiy quvvati 3073 MVt bo‘lgan 2 ta zamonaviy issiqlik elektr stansiyasi ishga tushiriladi.
Xususan:
➖2023-yil yakuniga qadar Shirin shahri va Boyovut tumanlari hududida Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi tomonidan quvvati 1500 MVt bo‘lgan issiqlik elektr stansiyasi ishga tushiriladi;
➖2026-yilda Boyovut tumanida “EDF” (Fransiya), “Nebras” (Qatar), “Sojitz Corporation” (Yaponiya) va “Kyuden International Corporation” (Yaponiya) kompaniyalari konsorsiumi tomonidan quvvati 1573 MVt bo‘lgan issiqlik elektr stansiyasi ishga tushiriladi.
Ma’lumot uchun: 2022-yilning noyabr oyida Xovos tumanida Turkiyaning “Cengiz Enerji” kompaniyasi tomonidan quvvati 220 MVt bo‘lgan issiqlik elektr stansiyasi ishga tushirildi.
Energetika vazirligi Matbuot xizmati