Ko‘rilayotgan choralar natijasida hafta oxirlariga borib vodiy viloyatlaridagi gaz quvurlarida tabiiy gaz bosimining ko‘tarilib borishi kutilmoqda.
Shu bois, mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan holda avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shaxobchalari (AGTKSH) gaz bosimining ko‘tarilishiga qarab, ularning faoliyati bosqichma-bosqich tiklanishi rejalashtirilmoqda.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, gaz bosimi pasaygan kunlarda birinchi navbatda aholi va ijtimoiy soha obyektlari (issiqlik elektr stansiyalar, shifoxonalar, maktabgacha va maktab hamda oliy ta’lim muassasalari va boshqalar)ni elektr energiyasi va tabiiy gaz bilan bir maromda ta’minlash zarur hisoblanganligi sababli AGTKSHlar faoliyatiga majburiy cheklovlar kiritilgan.
Quvurlarda gaz bosimini bir me’yorga keltirish va ushbu me’yorni saqlab turish uchun AGTKSHlari qisqa vaqt oralig‘ida reja-grafik asosida faoliyat yuritib boradi.
Energetika vazirligi Matbuot xizmati