Taʼmirlash ishlari sababli Olmaliq shahrining baʼzi hududlarida tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatildi
Toshkent viloyati, Olmaliq shahar, Chambil MFYda obodonlashtirish ishlari olib borilayotgan vaqtda hududdagi yer osti o‘rta bosimli gaz quvuriga shikast yetkazilgan.
Shu sababli, Olmaliq shahrining Hamza, Ibn Sino, Toshkent, A.Qahhor, A.Avloniy, Yangihayot, Musa Jalil, Chambil, I.Karimov va Hilol MFYlardagi 5278 ta ko‘p qavatli xonadonlar, 1024 ta hovli uyli xonadonlar hamda 52 ta ulgurji isteʼmolchilarga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatildi.
Hozirda taʼmirlash ishlari olib borilmoqda va nosozlik bartaraf etilgach, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.
22.02.2023
379
Охирги янгиликлар