Vodiy viloyatlarining elektr ta’minoti ishonchliligini ta’minlash maqsadida yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari ko‘rikdan o‘tkazildi
Bugun, 22-fevral kuni Namangan, Farg‘ona, Andijon viloyatlarining elektr ta’minoti ishonchliligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarida navbatdagi ko‘rik ishlari olib borildi.
Xususan, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tasarrufidagi 500 kV kuchlanishli “Yangi Angren” IES va Farg‘ona viloyatidagi “O‘zbekiston” podstansiyasi oralig‘i hamda Namangan viloyatidagi 220 kV kuchlanishli “L-Obihayot” elektr uzatish tarmoqlarida navbatdagi ko‘rikdan o‘tkazish ishlari bajarildi.
Aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilib, sozlash-ta’mirlash ishlari olib borildi.
22.02.2023
526
Охирги янгиликлар