Namangan viloyatida 65-70 mingta xonadonni elektr energiyasi bilan ta’minlash imkoniga ega 3 ta GES qurilmoqda
Katta Farg‘ona kanalining Namangan viloyat Uchqo‘rg‘on tumani hududidan o‘tgan qismida umumiy quvvati 12 MVt bo‘lgan 2 ta kichik gidroelektr stansiya qurilib, 2019-yilda ishga tushirilgan.
Hozirda katta Andijon kanalida quvvati 23 MVtga teng bo‘lgan 3 ta gidroelektr stansiyasi qurilish ishlari amalga oshirilmoqda.
Bu esa, qo‘shimcha ravishda yiliga 175 mln kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarilishi va 65-70 mingta xonadonni elektr energiyasi bilan ta’minlash imkonini beradi.
Bu haqda batafsil ushbu reportajda tanishishingiz mumkin.
28.02.2023
655
Охирги янгиликлар