To‘raqo‘rg‘on IESda quvvati 1 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi qurilmoqda
To‘raqo‘rg‘on issiqlik elektr stansiyasida o‘z ehtiyojlari uchun foydalanish maqsadida quvvati 1 MVt teng bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi qurilmoqda.
Ayni kunlarda quyosh panellarini o‘rnatish va montaj qilish ishlari boshlab yuborildi.
Mazkur stansiya foydalanishga topshirilgach, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, yiliga 1,9 mln kVt•soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi.
Buning natijasida yiliga 54 ming kub metr tabiiy gaz iqtisod qilinishiga erishiladi.
03.03.2023
463
Охирги янгиликлар