Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bir guruh xotin-qizlarni mukofotladi. Ular orasida yoqilg‘i-energetika tarmog‘i xodimlari ham bor. Xususan:
➖Qobilova Mavluda Umrzoqovna – Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasining bo‘lim yetakchi muhandis-texnologi, Qashqadaryo viloyati – “Mehnat shuhrati” ordeni bilan;
➖Abdukadirova Saida Islamovna – “Issiqlik elektr stansiyalari” aksiyadorlik jamiyatining “Toshkent issiqlik elektr stansiyasi” filiali markazlashtirilgan ta’mirlash sexi kran mashinisti, Toshkent viloyati – “Shuhrat” medali bilan;
➖Fayzullayeva Nasiba Nurullayevna – “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyatining polipropilen qop ishlab chiqarish sexi operatori, Navoiy viloyati – “Shuhrat” medali bilan mukofotlandi.