1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevralda “2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-57-son qaroriga muvofiq “Yashil Energiya” MCHJ tashkil etildi.
2. Respublikaning barcha hududlarida ijtimoiy soha, davlat obyektlari va boshqa tashkilotlarning energiyaga bo‘lgan ehtiyojini yashil energiya hisobiga jadal taʼminlash maqsadida kichik quyosh fotoelektr stansiyalarini sotib olish, o‘rnatish va ularga kafolatli texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha eng yaxshi taklifni tanlash uchun ochiq va shaffof tanlov eʼlon qilindi.
Loyihaning umumiy quvvati 219,4 MVt bo‘lib quyidagi 6 ta lotga bo‘lingan:
➖Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati va Toshkent shahrining Olmazor tumani – 36,1 MVt;
➖Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari – 33,8 MVt;
➖Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari, shuningdek Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumani – 41,55 MVt;
➖Samarqand, Navoiy va Buxoro viloyatlari – 33,3 MVt;
➖Toshkent, Sirdaryo va Jizzax viloyatlari, shuningdek Toshkent shahrining Chilonzor tumani – 34,1 MVt;
➖Toshkent shahri (Chilonzor, Mirzo Ulug‘bek va Olmazor tumanlaridan tashqari) – 40,55 MVt.
3. Tanlovda qayta tiklanuvchi energiya manbalari sohasida talablarga muvofiq tajribaga ega bo‘lgan manfaatdor kompaniyalar ishtirok etishlari mumkin.
4. Tanlov O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, maxsus axborot portalida (etender.uzex.uz) shaffof amalga oshiriladi
5. Murojaat uchun: “Yashil Energiya” MCHJ
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Bodomzor yo‘li, 28B,
STIR: 310243547,
Telefon: +99890-971-35-39,
El.pochta: yashilenergiya@gmail.com.