2017-2022-yillar davomida umumiy quvvati 262,8 MVt bo‘lgan 12 ta yangi gidroelektr stansiya ishga tushirildi va 16 ta GES modernizatsiya qilindi
“O‘zbekgidroenergo” AJ tomonidan 2017-2022-yillar davomida umumiy quvvati 262,8 MVt bo‘lgan 12 ta yangi gidroelektr stansiya foydalanishga topshirildi va 16 ta mavjud gidroelektr stansiyalari modernizatsiya qilindi.
Natijada, gidroelektr stansiyalar soni (shamol energetik qurilmasini inobatga olgan holda) 52 taga yetdi.
Hozirda O‘zbekistonda gidroelektr stansiyalarning umumiy o‘rnatilgan quvvati 2 072,1 MVtni tashkil etmoqda.
09.03.2023
841
Охирги янгиликлар