Toshkent issiqlik elektr markazida quvvati 505,6 kVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi qurilmoqda
Ayni kunlarda quyosh panellarini o‘rnatish va montaj qilish ishlari boshlab yuborilgan.
Mazkur stansiya foydalanishga topshirilgach, yiliga 1 mln kVt•soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi.
Buning natijasida yiliga 100 ming kub metr tabiiy gaz iqtisod qilinishiga erishiladi.
Ma’lumot uchun: 2022-yilda jami sig‘imi 2400 litr bo‘lgan 12 ta quyosh suv isitish qurilmalari o‘rnatilgan bo‘lib, yiliga 77 Gkal issiqlik energiyasi iqtisod qilinmoqda.
11.03.2023
447
Охирги янгиликлар