Beshinchi Toshkent xalqaro marafonida Energetika vazirligi jamoasi ishtirok etdi
Bugun, 12-mart kuni poytaxtimizda “V International Tashkent Marathon” bo‘lib o‘tdi.
Tadbir tashkilotchilarining ma’lum qilishlaricha, ob-havo sharoitiga qaramay mazkur marafonda 5000 dan ziyod sportchi va havaskor ishtirok etdi.
Musobaqa dasturiga binoan ishtirokchilar 3, 10 va 21 kilometr masofada kuch sinashdilar.
Mazkur nufuzli marafonda Energetika vazirligi jamoasi ham faol ishtirok etdi.
Energetika vazirligi Matbuot xizmati
12.03.2023
443
Охирги янгиликлар