Navoiy va Samarqand viloyatlaridagi quyosh fotoelektr stansiyalar ikki oyda 55 mln 876 ming kVt⋅soat elektr energiya ishlab chiqardi
Navoiy va Samarqand viloyatlarida har birining quvvati 100 MVtdan bo‘lgan 2 ta quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirilgan.
Ushbu fotoelektr stansiyalarda joriy yil yanvar-fevral oylarida:
➖55 mln 876 ming kVt⋅soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi;
➖buning natijasida 15 mln kub metr gaz tejalishiga erishildi;
➖atmosferaga 22 ming tonna zararli gazlarning chiqishi oldi olindi.
Ma’lumot uchun, ushbu hajmdagi elektr energiyasi qariyb 140 mingta xonadonning ikki oylik iste’molini tashkil qiladi.
Energetika vazirligi Matbuot xizmati
14.03.2023
398
Охирги янгиликлар