Sirdaryoda barpo etilayotgan 1500 MVt quvvatli IES uchun Yaponiyadan olib kelinayotgan gaz turbinasining ikkinchisi qurilish maydoniga yetib keldi
Xabar berganimizdek, Sirdaryo viloyatining Shirin shahri va Boyovut tumanlari hududida Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi tomonidan quvvati 1500 MVt bo‘lgan zamonaviy issiqlik elektr stansiyasi qurilmoqda.
Unda “Mitsubishi” kompaniyasining dunyodagi eng zamonaviy va energiya tejamkor gaz turbinalari o‘rnatilmoqda.
Xususan, Yaponiyadan olib kelinayotgan yirik energo qurilmalarning ikkinchi bosqichi stansiya qurilish maydoniga yetib keldi.
Stansiyaning dastlabki quvvatlari joriy yil iyul oyida ishga tushiriladi.
Eslatib o‘tamiz, 2022-yil dekabr oyida mazkur IESda Yaponiyadan olib kelingan birinchi gaz turbinasi o‘rnatilgan edi.
Energetika vazirligi Matbuot xizmati
16.03.2023
534
Охирги янгиликлар