Olmazor tumanining ayrim hududlarida elektr ta’minotida uzilish kuzatilmoqda. Yuzaga kelgan nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda
Olmazor tumanining “Ahil”, “Paxta”, “Yangi Toshkent”, “Beruniy”, “Shodiyona”, “Istiqbol”, “Oltinsoy”, “Bo‘stonobod”, “Tepa Guzar”, “G‘alaba”, “Tabassum”, “Islom ota” va “Chuqursoy” mahallalari hududlarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi yuqori kuchlanishli “Sag‘bon” podstansiyasida nosozlik yuzaga keldi.
Buning natijasida yuqoridagi mahallalarning ayrim hududlarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda.
Hozirda maxsus brigadalar tomonidan ushbu nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.
Ta’mirlash ishlari yakunlangach hududda elektr ta’minoti qayta tiklanadi.
Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.
24.03.2023
425
Охирги янгиликлар