Navoiy issiqlik elektr stansiyasida quvvati 1 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi qurilishi boshlandi
Issiqlik elektr stansiyalarida o‘z ehtiyojlari uchun zarur bo‘lgan elektr energiyasini muqobil energiya manbalari yordamida ishlab chiqarishga alohida e’tibor berilmoqda.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, Navoiy IESda o‘rnatilayotgan quyosh panellari orqali yiliga o‘rtacha 1,8 mln kVt•soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi.
Buning natijasida yiliga 400 ming kub metr tabiiy gaz iqtisod qilinishiga erishiladi.
27.03.2023
658
Охирги янгиликлар