“O‘zbekneftgaz” AJning ma’muriy binolarida energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishni jadallashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan.
Rejaga muvofiq, “O‘zbekneftgaz” AJning Toshkent shahridagi 3 ta ma’muriy binosiga umumiy quvvati 120 kVt bo‘lgan, Qarshi shahridagi 1 ta ma’muriy binosiga quvvati 50 kVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyalari o‘rnatildi.
Ushbu quyosh fotoelektrik stansiyalar hisobiga yiliga 255 ming kVt⋅soat elektr energiya ishlab chiqariladi. Quyosh fotoelektr stansiyalari kunduz kuni binolarni to‘liq elektr energiyasi bilan ta’minlaydi.
“O‘zbekneftgaz” AJ tasarrufidagi korxona va boshqarmalar ma’muriy binolarida quyosh fotoelektr stansiyalari va quyosh suv isitkichlarini joriy qilish orqali joriy yil yakuniga qadar umumiy quvvati 473 kVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyalarini o‘rnatish hisobiga yiliga 1050,0 ming kVt⋅soat elektr energiya ishlab chiqariladi.
“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati