Muborak issiqlik elektr markazida quvvati 1,2 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi qurilmoqda
Muborak issiqlik elektr markazida o‘z ehtiyojlari uchun foydalanish maqsadida quvvati 1,2 MVtga teng bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi qurilmoqda.
Ayni kunlarda quyosh panellarini o‘rnatish va montaj qilish ishlari boshlab yuborildi.
Mazkur stansiya foydalanishga topshirilgach, yiliga 2 mln kVt•soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi.
Buning natijasida yiliga 500 ming kub metr tabiiy gaz iqtisod qilinishiga erishiladi.
O‘zbekiston Respublikasi
Energetika vazirligi Matbuot xizmati
30.03.2023
525
Охирги янгиликлар