Farg‘ona viloyatida mart oyi davomida ulgurji iste’molchilar tomonidan 18 mlrd so‘mdan ziyod tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi
Joriy yil mart oyi davomida “O‘zenergoinspeksiya” va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda Farg‘ona viloyatida o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida 6 ta ulgurji iste’molchi tomonidan tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilayotgani aniqlandi.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, gaz ta’minoti korxonasiga yetkazilgan umumiy zarar miqdori 18,352 mlrd so‘mni tashkil etgan. Jumladan:
Farg‘ona shahrida joylashgan xususiy korxonaga qarashli ohak ishlab chiqarish sexida hech qanday hujjatlarsiz 18,314 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgan.
Hozirda qoidabuzarlarga nisbatan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan qonuniy baho berilmoqda.
01.04.2023
404
Охирги янгиликлар