Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik: Sirdaryo IESning 6- va 7-sonli energobloklarida joriy va mukammal ta’mirlash ishlari olib borilmoqda
2023-2024-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida Sirdaryo IESning 6-sonli energoblokida joriy ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Ta’mirlash jarayonida energoblokda aniqlangan barcha kamchiliklar mutaxassislar tomonidan bartaraf etilmoqda.
Bundan tashqari, korxonaning 7-sonli energoblokida mukammal ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Ishlar davomida bug‘ turbinasi hamda ta’minot nasoslarini nazorat ko‘rigidan o‘tkazish belgilangan.
Ushbu ishlardan ko‘zlangan asosiy maqsad iste’molchilarni elektr energiyasi bilan barqaror ta’minlashdan iborat.
04.04.2023
790
Охирги янгиликлар