Navoiy IESning quvvati 450 МVt bo‘lgan bug‘-gaz qurilmasi rejaga asosan o‘tkazilgan ta’mirlashdan so‘ng qayta ishga tushurildi.
Xususan, stansiyaning 2-sonli bug‘-gaz qurilmasida ta’mirlash ishlari yakunlanib, qurilma energotizimga to‘liq quvvatlarda elektr energiyasi yetkazib bermoqda.
Ta’mirlash ishlari stansiyaning 150 nafar, “Mitsubishi” kompaniyasining (Yaponiya) 13 nafar malakali mutaxassislari tomonidan olib borildi.
Amalga oshirilgan ishlar natijasida energoblokning ishlab chiqarish barqarorligi ta’minlanadi.
Energetika vazirligi Matbuot xizmati
07.04.2023
616
Охирги янгиликлар