Kecha, 13-aprel kuni Energetika vazirligida Fransiya taraqqiyot agentligi (AFD) mutasaddilari bilan gender tenglik masalalari bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Energetika vazirligi mas’ullari hamda AFDning Gender, ekologiya va ijtimoiy masalalar bo‘yicha Yevroosiyo mintaqaviy rahbari – Matilda Kamyu, AFDning O‘zbekistondagi loyiha xodimlari Antuan Shavaleu va Loriana Goin ishtirok etdi.
Ma’lumot uchun, “Fransiya taraqqiyot agentligining O‘zbekiston energetika sektorida gender tenglik bo‘yicha texnik ko‘maklashish dasturi” doirasida O‘zbekiston Energetika tarmog‘ida gender tenglik masalalari bo‘yicha kuzatuvlar olib borildi. AFD va Energetika vazirligi hamkorligida tizimdagi aksiyadorlik jamiyatlari va tashkilotlarda gender tenglik masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv va seminarlar o‘tkazilib, o‘rganishlar olib borildi.
Matilda Kamyu tomonidan o‘tkazilgan taqdimotda energetika sohasida gender tenglik bo‘yicha dolzarb muammolar, kasbiy malakalar va boshqa masalalarga alohida to‘xtalib o‘tildi va amalga oshirilishi kerak bo‘lgan masalalar yuzasidan tavsiyalar berildi.
O‘z navbatida, mazkur uchrashuv ikki tomon uchun ham qiziqarli va do‘stona tarzda o‘tdi. Tomonlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar hamda kelgusida hamkorlikda amalga oshirishi lozim bo‘lgan masalalarni aniqlab oldilar.
O‘zbekiston Respublikasi
Energetika vazirligi Matbuot xizmati