14-aprel kuni Moskva shahrida O‘zbekiston Respublikasi Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov va Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi o‘rinbosari Aleksandr Novak o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Rossiya Federatsiyasidan neft va neft mahsulotlarini yetkazib berish hajmlarini oshirish, shuningdek, energetika sohasidagi loyihalarda hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi.
Mavjud masalalarni hal etishda o‘zaro manfaatli asosda doimiy hamkorlik qilib borishga kelishildi.
15.04.2023
662
Охирги янгиликлар