Shirin shahrida “O‘zbekiston yoshlari forumi” bo‘lib o‘tadi
Energetika vazirligi, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ hamda O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi respublika kengashi hamkorligida joriy yilning 20-aprel kuni Shirin shahrida “O‘zbekiston yoshlar forumi” tashkil etiladi.
Xususan, yoshlar forumi doirasida Shirin shahrida “Yoshlar markazi”ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Forumda yoqilg‘i-energetika tarmog‘ida faoliyat yuritayotgan 400 dan ortiq yoshlar ishtirok etishi kutilmoqda.
18.04.2023
479
Охирги янгиликлар