Samarqandda buldozer tomonidan magistral gaz quvuriga yetkazilgan shikast bartaraf etilmoqda
Bugun Samarqand magistral gaz quvurlari boshqarmasiga qarashli magistral gaz quvurining 226-kilometrida tuproq ishlarini bajarayotgan buldozer gaz quvuriga shikast yetkazgan.
Katta miqdorda tabiiy gaz sizib chiqishini oldini olish maqsadida quvurning 215-kilometridagi kranlar yopildi.
Quvurda yuzaga kelgan mazkur nosozlikni bartaraf etish maqsadida maxsus ishchi guruh tomonidan tegishli choralar ko‘rilmoqda.
Sharqiy yo‘nalishdagi iste’molchilarga tabiiy gazni Gʻallaorol magistral gaz quvurlari boshqarmasiga qarashli quvurlar orqali yetkazib berish va uzilishlarga yo‘l qo‘ymaslik choralari ko‘rilmoqda.
Energetika vazirligi Matbuot xizmati
19.04.2023
336
Охирги янгиликлар