Samarqandda buldozer tomonidan magistral gaz quvuriga yetkazilgan shikast to‘liq bartaraf etildi
Avariyani bartaraf etish uchun 19 nafar avariya tiklash xodimi hamda 4 ta maxsus texnika jalb etildi. Tezkor ko‘rilgan choralar natijasida 20-aprel kuni soat 03:16 da holat to‘liq bartaraf etildi.
Hozirda magistral gaz quvuri orqali tabiiy gaz uzatish barqaror davom ettirilmoqda.
Hurmatli yurtdoshlar!
Magistral gaz quvurlarining atrofidagi muhofaza maydonlaridan foydalanish qoidalariga rioya qiling!
O‘zingizni va boshqalarni xavf ostiga qo‘ymang!
20.04.2023
322
Охирги янгиликлар