Janubiy Koreya kompaniyasi bilan chiqindi gazidan elektr energiyasi olishga doir bitim imzolandi
Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan xalqaro investitsiya forumi (TIIF-2023) doirasida O‘zbekiston Respublikasi Tabiat resurslari vazirligi va Janubiy Koreyaning “Sejin G&E So., LTD.” kompaniyasi o‘rtasida qiymati 55 mln. AQSH dollariga teng bitim imzolandi.
Mazkur bitim maishiy chiqindilar poligonlarida hosil bo‘ladigan chiqindi gazini qayta ishlash hisobiga elektr energiyasi ishlab chiqarish bo‘yicha investitsiya loyihasini amalga oshirishga qaratilgan.
28.04.2023
404
Охирги янгиликлар