“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ markaziy apparati binosining tom qismiga 30 kVt quvvatga ega quyosh panellari ishga tushirildi
Shu bilan markaziy apparatdagi quyosh panellarining umumiy quvvati 70 kVtga yetdi. Buning natijasida o‘z ehtiyoji uchun sarflanadigan elektr energiyasining 30-40 foizi qayta tiklanuvchi energiya manbalari hisobidan qoplanishiga erishiladi.
Ushbu stansiya yiliga 54 ming kVt•soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi. Buning natijasida yiliga 10 ming kub metr tabiiy gaz iqtisod qilinishiga erishiladi.
Ma’lumot o‘rnida: bugunga qadar “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ markaziy apparati, tizim korxonalari va filiallarida ishga tushirilgan quyosh fotoelektr stansiyalarining umumiy quvvati 3,7 MVtga teng bo‘lib, yil yakuniga qadar 9 MVtga yetkazish rejalashtirilgan.
01.05.2023
384
Охирги янгиликлар