“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va “Oʻzelektroapparat-Electroshield” AJ o‘rtasida birlamchi elektr qurilmalar yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolandi
“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va “Oʻzelektroapparat-Electroshield” AJ o‘rtasida “Jahon banki ishtirokida magistral elektr tarmoqlari podstansiyalarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish” investitsiya loyihasi doirasida birlamchi elektr qurilmalar yetkazib berish bo‘yicha qiymati 9,5 mln AQSH dollar bo‘lgan shartnoma imzolandi.
Shartnomada respublika boʻylab 18 ta magistral tarmoq podstansiyalariga birlamchi elektr qurilmalar, shuningdek, elegazli oʻchirgichlar, ajratkichlar, akkumulyator batareyalari, kuchlanish va tok transformatorlarni yetkazib berish koʻzda tutilgan.
05.05.2023
581
Охирги янгиликлар