Navoiy va Samarqand viloyatlaridagi quyosh fotoelektr stansiyalar to‘rt oyda 159 mln 564 ming kVt⋅soat elektr energiya ishlab chiqardi
Navoiy va Samarqand viloyatlarida har birining quvvati 100 MVtdan bo‘lgan 2 ta quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirilgan.
Ushbu fotoelektr stansiyalarda joriy yil yanvar-aprel oylarida:
➖159 mln 564 ming kVt⋅soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi;
➖buning natijasida 48 mln kub metr gaz tejalishiga erishildi;
➖atmosferaga 67 ming tonna zararli gazlarning chiqishi oldi olindi.
Ma’lumot uchun, ushbu hajmdagi elektr energiyasi qariyb 200 mingta xonadonning to‘rt oylik iste’molini tashkil qiladi.
Energetika vazirligi Matbuot xizmati
10.05.2023
444
Охирги янгиликлар