Energetika vazirligi xodimlari o‘rtasida kamondan otish sport turi bo’yicha musobaqa o‘tkazildi
Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va ommaviy sportni rivojlantirish maqsadida Energetika vazirligi xodimlari o‘rtasida muntazam ravishda sport tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda.
Jumladan, bugun, 13-may kuni O‘zbekiston kamondan otish federatsiyasi bilan birgalikda kamondan otish sport turi bo‘yicha (ayollar va erkaklar o‘rtasida) musobaqa bo‘lib o‘tdi.
Musobaqa yorqin sport lahzalari, halol raqobat va shaxsiy g‘alabalarga boy bo‘ldi. Ayollar va erkaklar o‘rtasida 1-, 2-va 3-o‘rinlar uchun nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi.
13.05.2023
550
Охирги янгиликлар