Bugun, 25-may kuni soat 10:00 dan 18:00 ga qadar Olmazor tumanining “Ahil”, “Paxta”, “Yangi Toshkent”, “Beruniy”, “Shodiyona”, “Istiqbol”, “Oltinsoy”, “Bo‘stonobod”, “Tepa Guzar”, “G‘alaba”, “Tabassum”, “Islom ota” va “Chuqursoy”, Toshkent tumanining “Ko‘kterak”, “Hasanboy”, “Guliston”, “Ko‘ksaroy” hamda “Qizg‘aldoq” mahallalarini elektr energiyasi bilan taʼminlovchi yuqori kuchlanishli “Sag‘bon” podstantsiyasidagi quvvati 25000 kVА bo‘lgan kuch transformatorini quvvati 40000 kVA quvvatga almashtirish ishlari olib boriladi.
Shu sababli mazkur hududlarga elektr energiyasini yetkazib berishda vaqtincha uzilishlar kuzatiladi.
Kuch transformatorini katta quvvatlisiga almashtirish jarayonini o‘z vaqtida xavfsiz olib borish uchun ushbu jarayonga 40 nafardan ortiq malakali mutaxassislar va 10 dan ziyod maxsus transport vositalari jalb etiladi.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filiali mazkur taʼmirlash ishlari tufayli elektr taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.