Toshkent, O‘zbekiston – 2023 yil 25 may. O‘zbekistondagi MTO texnologiyasi asosida ishlovchi gaz-kimyo kompleksi – polimer ishlab chiqarish bo‘yicha Markaziy Osiyodagi innovatsion yetakchilardan biri hisoblanib, Air Products kompaniyasi bilan gazni sanoat darajasida qayta ishlash to‘g‘risidagi bitimni imzoladi. “Metanol oroli” nomi bilan tanilgan ushbu inshoot yiliga 1,34 million tonna quvvatga ega bo‘ladi va O‘zbekistonda metanoldan olefin ishlab chiqarish buyicha gaz-kimyo kompleksi tarkibiga kiradi.
O‘zbekistonning Buxoro viloyati Qorako‘l tumanidagi erkin iqtisodiy zona hududida bunyod etilajak zavod 15 gektar maydonni egallaydi. Uni 2025-yilda ishga tushirish mo‘ljallangan bo‘lib, ekspluatatsiya muddati – 25 yil.
Tabiatga ziyon yetkazish darajasi yuqori bo‘lgan ko‘mirdan foydalanadigan boshqa MTO korxonalaridan farqli o‘laroq, dunyodagi ilg‘or innovatsion texnologiyalar asosida ishlaydigan O‘zbekistondagi MTO gaz-kimyo kompleksi mamlakatda qazib olinib, qo‘shilgan qiymat ko‘rsatkichlari past bo‘lgan tabiiy gazni yuqori darajadagi qo‘shilgan qiymatga ega bo‘lgan polimer mahsulotlarini ishlab chiqarish maqsadida chuqur qayta ishlash uchun mo‘ljallangan bo‘lib, yiliga ishlab chiqarish quvvati 1 110 000 tonnadir.
MTO gaz-kimyo kompleksi quyidagi mahsulotlarni ishlab chiqarishni rejalashtirgan:
· Polipropilen (yiliga 250 000 tonna) – sun’iy tolalar, elektrotexnika mahsulotlari va avtomobil qismlarini ishlab chiqarishda ishlatiladi.
· Past zichlikdagi polietilen (yiliga 80 000 tonna) - quvurlar, izolyatsiya materiallari, qadoqlash va oziq-ovqat mahsulotlari uchun mo‘ljallangan kleyonka hamda va shakl andozalarini ishlab chiqarish uchun xom ashyo sifatida ishlatiladi.
· Etilenvinilasetat (yiliga 100 000 tonna) – pol qoplamalari, poyafzal va sport uskunalarini ishlab chiqarishda ishlatiladi.
· Polietilen tereftalat (yiliga 300 000 tonna) – idishlar, pleyonka va sintetik tolalarni ishlab chiqarishda ishlatilishi mumkin.
· Yuqori zichlikdagi polietilen (yiliga 280 000 tonna), undan quvur va armatura, bochkalar va yenilg‘i qutilari, muzlatgich idishlari, himoya dubulg‘alari , mebel jihozlari ishlab chiqarish uchun foydalaniladi.
Mahalliy ishlab chiqarish O‘zbekistonga iqtisodiyotni diversifikatsiyalash, importning o‘rnini bosish va mahsulotlarni boshqa mintaqalarga eksport qilish borasidagi maqsadlarga erishishga yordamlashadi.
Metanol zavodi metanol, vodorod va boshqa sanoat gazlari, xususan, kislorod va azot kabilarning barqaror yetkazib berilishini ta’minlab, ular MTO gaz-kimyo kompleksining ishlab chiqarish jarayonlari uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
MTO gaz-kimyo kompleksi Bosh direktori Masrur Shakirov shunday dedi:
“Biz dunyoda sanoat gazlarini ishlab chiqarish sohasi yetakchisi bo‘lgan Air Products kompaniyasi bilan hamkorlik qilishdan mamnunmiz. Air Products yuqori sifat va talab qilinadigan mahsulot hajmini kafolatlay oladigan, samaradorligi isbotlangan yechimlarning ishonchli ta’minotchisi sifatida o‘zini namoyon qilib ulgurgan. Air Products ning investitsiyalari xalqaro kompaniyalarning O‘zbekistondagi sanoat rivojlanishi bilan bog‘liq imkoniyatlarga bo‘lgan qiziqishi yuqori ekanini namoyish etadi”.
Rasmiy imzolash marosimi Toshkent Kongress Xoll da bo‘lib o‘tdi.
Zavod qurilishi yakunlangach, Methanol Island hududida quyidagi ishlab chiqarish quvvatlari joylashadi:
· Asosan, vodorod, kislorod va azot ishlab chiqariladigan Vodorod ishlab chiqarish va Havo ajratish qurilmalari.
· Sintetik gaz ishlab chiqarish va uni metanolga aylantirish uchun mo‘ljallangan Metanol qurilmasi. Jarayon “Haldor Topsoe” kompaniyasi texnologiyasiga asoslanadi.