Sekundiga 24 metr esayotgan kuchli shamol tufayli vodiy viloyatlarining ayrim hududlarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda.
Shu sababli xavfsizlikni ta’minlash maqsadida Namangan, Farg‘ona va Andijon viloyatlaridagi ayrim elektr tarmoqlari vaqtincha tarmoqdan ajratildi.
Buning natijasida bir nechta nasos stansiyalar, aholi hamda yuridik iste’molchilarning elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilyapti.
Hududda kuchli shamol esishi pasaygandan so‘ng elektr ta’minoti qayta tiklanadi.
Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.
01.06.2023
374
Охирги янгиликлар