Mirobod va Yakkasaroy tumanlarining ayrim hududlarida elektr ta’minotida uzilish kuzatilmoqda
Soat 23:25da Toshkent shahridagi “Qo‘qon” podstansiyasida 35 kVli kabel tarmog‘ining shikastlanishi natijasida yong‘in sodir bo‘lgan.
Buning natijasida Mirobod va Yakkasaroy tumanlari iste’molchilarining bir qismida elektr ta’minotida uzilish kuzatilmoqda.
Hozirda Toshkent shahar elektr tarmoqlari filialining maxsus brigasi tomonidan podstansiyadagi nosozlikni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.
Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.
08.06.2023
357
Охирги янгиликлар