“Qo‘qon” podstansiyasi: nosozlik bosqichma-bosqich bartaraf etilib, iste’molchilarning elektr ta’minoti qayta tiklanmoqda
Bugun, 8-iyun kuni soat 17:14 da poytaxtimizdagi “Qo‘qon” podstansiyasida nosozlikning bir qismi bartaraf etilib, ushbu podstansiya orqali ta’minlanuvchi uchta podstansiyadan ikkitasi tarmoqqa ulandi va Mirobod tumani iste’molchilarining elektr ta’minoti qayta tiklanmoqda.
Hozirgi vaqtda qolgan bitta podstansiyani tarmoqqa ulash choralari ko‘rilyapti. Ishlar yakunlangach, iste’molchilarning elektr ta’minoti to‘liq qayta tiklanadi.
Keltirilayotgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.
08.06.2023
367
Охирги янгиликлар