Mirobod va Yakkasaroy tumanlarining katta qismida elektr ta’minoti qayta tiklandi
Avval xabar qilganimizdek, Toshkent shahridagi “Qо‘qon” podstansiyasida yuqori kuchlanishdagi 35 kVli kabel tarmog‘ini tiklash ishlari davom etmoqda.
Soat 21:00 holatiga, podstansiyadan chiquvchi 35 kVli Saziit-2 kabel tarmog‘iga kuchlanish berildi. Natijada Mirobod va Yakkasaroy tumanlarining katta qismida elektr ta’minoti qayta tiklandi.
Hozirgi paytda 35 kVli Saziit-1 kabel tarmog‘ida montaj ishlari olib borilmoqda. Tez fursatlarda qolgan hududlarning ham elektr ta’minoti qayta tiklanadi.
Yetkazilayotgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr sо‘raymiz.
08.06.2023
447
Охирги янгиликлар