Toshxo‘jayev Hasan Javlonovich — O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirining matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.
Hasan Toshxo‘jayev mehnat faoliyati davomida “Qishloq hayoti” ijtimoiy-iqtisodiy gazetasida, “Xalq so‘zi” – “Народное слово” gazetalari tahririyatida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan. 2019 – 2020-yillarda O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisining matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi, shuningdek, “O‘zdavkarantin” inspeksiyasi Axborot xizmati bosh mutaxassisi, Iste’molchilarni himoya qilish agentligi Axborot xizmati yetakchi mutaxassisi lavozimlarida mehnat qilgan. Tayinlovga qadar u Xalqaro press-klubning Monitoring va tahlil bo‘limi boshlig‘i bo‘lib ishlagan.
Lavozimga tayinlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xulosasiga ko‘ra amalga oshirildi.